Ingliz Va O’zbek Tillarida Bayram Konseptining Chog’ishtirma Tadqiqi

Bayram konsepti ingliz tili o‘zbek tili qiyosiy tadqiq madaniyat lingvokulturologiya

Authors

September 29, 2025

Downloads

Ushbu tezis ingliz va o‘zbek tillarida “Bayram” konseptining chog‘ishtirma tadqiqiga bag‘ishlangan. Bayram tushunchasi har ikki madaniyatda qadimiy ildizlarga ega bo‘lib, xalq urf-odatlari, diniy marosimlar va ijtimoiy hayot bilan chambarchas bog‘liq. Tadqiqotda ingliz tilidagi holiday, feast, festival kabi atamalar o‘zbek tilidagi bayram, to‘y, sayil tushunchalari bilan qiyosiy tahlil qilindi. Shuningdek, til birliklari orqali madaniy qadriyatlarning qanday ifodalanishi va farqlanishi ochib berildi.